Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 70 ta davlatidan kelgan 394 nafar shaxmatchi ishtirok etyapti. Oʻzbekiston terma jamoasi 14 nafar etakchi sportchi bilan bahslarga kirishdi. 

Musobaqaning Rapid boʻyicha 1-kuni ishtirokchilar 5 ta turda oʻzaro dona surishdi. Shaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natija hozircha Javohir Sindarovda boʻlib turibdi. Yaqindagina Jahon kubogini qoʻlga kiritgan Sindarov 5 imkoniyatdan 4 ochko jamgʻarib, qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra 13-oʻrinni egallab turibdi. Muhiddin Madaminov va Nodirbek Abdusattorov tajribali raqiblarga qarshi bahslarda 3,5 ochko toʻplashdi. 

Ayollar oʻrtasida Afruza Hamdamova 3 ochko bilan terma jamoamizdagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda – 22-oʻrin. Gulruhbegim Toxirjonova 2 ochko bilan hozircha 56-pogʻonada bormoqda. Bugun rapid bahslari davom ettiriladi.  

Oʻzbekiston shaxmatchilarining Rapid boʻyicha birinchi kun natijalari:

Erkaklar:

1. Javohir Sindarov – 4 ochko, 13-oʻrin

2. Muhiddin Madaminov – 3,5 ochko, 40-oʻrin

3. Nodirbek Abdusattorov – 3,5 ochko, 55-oʻrin

4. Jahongir Vohidov – 2,5 ochko, 107-oʻrin

5. Shamsiddin Vohidov – 2,5 ochko, 134-oʻrin

6. Humoyun Begmuratov – 2,5 ochko, 136-oʻrin

7. Nodirbek Yakubboev – 2 ochko, 173-oʻrin

8. Muhammadzo hid Suyarov – 1 ochko, 220-oʻrin

Ayollar:

1. Afruza Hamdamova – 3 ochko, 22-oʻrin

2. Gulruhbegim Toxirjonova – 2 ochko, 56-oʻrin

3. Guldona Karimova – 2 ochko, 68-oʻrin

4. Umida Omonova – 2 ochko, 70-oʻrin

5. Madinabonu Xalilova – 1,5 ochko, 93-oʻrin

6. Nilufar Yakubbaeva – 0,5 ochko, 133-oʻrin

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *