Musobaqaning 6-tur bahslari boʻlib oʻtdi va unda Nodirbek jahon chempioni Gukeshni magʻlub etdi.

Shohrux ZoirovRedaktor

Tata Steel Chess-2026. Abdusattorov va Sindarov turnir jadvalida etakchilik qilmoqda

Foto: NSS24

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat boʻyicha Tata Steel Chess-2026 musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Hozirda turnirning 6-tur bahslari yakuniga etdi. Mazkur turda Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommarajuni magʻlub etgan boʻlsa, Javohir Sindarov yana bir hindistonlik shaxmatchi Aravindh Chithambaram bilan durang oʻynadi.

Shu tariqa, Masters guruhi turnir jadvalida ikki oʻzbekistonlik grossmeyster peshqadamlik qilmoqda. Abdusattorov 4,5 ochko bilan 1-oʻrindan joy olgan boʻlsa, Sindarov 4 ochko toʻplagan holda 2-pogʻonani band etib turibdi.

Avvalroq Nodirbekning jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani maʼlum qilingandi.

Tata Steel Chess-2026. 6-tur bahslaridan soʻng Masters guruhi turnir jadvali
Foto: Tata Steel Chess

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *