Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Tailandda xalqaro oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga kirishdi. Mashgʻulotlar 28 yanvarga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Yigʻinda quyidagi shaxmatchilarimiz ishtirok etmoqda:
- Afruza Hamdamova (WGM)
- Gulruhbegim Tohirjonova (IM)
- Umida Omonova (WIM)
- Guldona Karimova (WIM)
- Madinabonu Xalilova (WCM)
Mashgʻulotlar tajribali grossmeyster Ruslan Sherbakov boshchiligida oʻtkazilmoqda. Ushbu yigʻindan koʻzlangan asosiy maqsad — jamoaning texnik va taktik tayyorgarligini oshirish hamda boʻlajak nufuzli musobaqalarga puxta hozirlik koʻrishdir.
