Xabaringiz bor, tennischi WTA turnirlarida Oʻzbekiston bayrogʻi ostida ishtirok eta boshladi.

“Jamoam va oilam bilan uzoq mulohaza va muhokamalardan soʻng sport fuqaroligimni oʻzgartirishga qaror qildim. Bu oson qaror emas edi, lekin men ishonamanki, bu mening tennisdagi kelajagim uchun toʻgʻri qadam – ham professional, ham shaxsiy jihatdan.

Qarorim ambitsiyalarim, martaba maqsadlarim va sportchi sifatida rivojlanishim uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etishiga ishonaman. Bu oʻzgarish mening qon ildizlarim, avvalgi jamoam va federatsiyaga boʻlgan hurmatimni yoʻqotmasligini taʼkidlamoqchiman. Oʻtmishimga faxr va minnatdorlik bilan qarayman. Ammo hozir men oldinga qarayapman – yangi imkoniyatlar, yangi chaqiriqlar va yangi maqsadlar.

Meni qoʻllab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Sizning xabarlaringiz, menga boʻlgan ishonchingiz va turnirlarga tashrif buyurib, meni olqishlashingiz men uchun juda muhim. Umid qilamanki, yoʻlimning yangi sahifasida men bilan birga boʻlasiz”, – deb yozdi Rahimova ijtimoiy tarmoqdagi sahifsida.

Eslatib oʻtamiz, endilikda mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ikki kun avval Frantsiyaning Anje shahridagi WTA 125 toifasiga kiruvchi turnirda chempion boʻlgandi.  

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *