Karlos Alьkaras Artur Rinderknex ustidan 7-6, 6-3, 6-4 hisobida gʻalaba qozonib, US Open chorak finaliga yoʻl oldi. Oʻyinning eng hayajonli lahzasi birinchi setda yuz berdi: Alьkaras toʻpdan oʻtib ketgan boʻlsa-da, raketkasini orqasiga oʻtkazib, aql bovar qilmas zarba yoʻlladi va ochkoni oʻz foydasiga hal qildi.
«Bunday zarbalarni baʼzan mashgʻulotlarda sinab turaman. Bu tabiiy ravishda yuz berdi va muxlislarga yoqqanidan xursandman», — dedi dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi.
Bu gʻalaba bilan 22 yoshli Alьkaras Boris Bekkerning rekordini yangilab, Ochiq era davrida 13 ta «Katta dubulgʻa» chorak finaliga chiqqan eng yosh tennischiga aylandi. Endi u yarim final yoʻlida chexiyalik Irji Legechkaga qarshi bahs olib boradi.
