Melburn kortlarida davom etayotgan yilning ilk “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi Australian Open turniri navbatdagi sensatsiyani taqdim etdi. Dunyoning 12-raketkasi, tajribali rossiyalik tennischi Daniil Medvedev musobaqaning toʻrtinchi davrasidayoq oʻz ishtirokini yakunlashga majbur boʻldi.
Medvedevga chorak final yoʻlida amerikalik yosh iqtidor egasi Lyorner Tьen toʻsqinlik qildi. Koʻpchilik tajribali Daniilning gʻalabasini kutgan boʻlsa-da, kortdagi voqealar rivoji tamoman boshqacha tus oldi. Atigi 1 soat-u 40 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev oʻzining eng yomon oʻyinlaridan birini oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida rossiyalik sportchi raqibning tezkor va aniq zarbalariga qarshi chora topa olmadi. Birinchi setda 4:6 hisobi qayd etilgan boʻlsa, ikkinchi setda Daniil birorta ham geymni oʻz foydasiga hal qila olmadi — 0:6. Uchinchi setda ham vaziyat oʻzgarmadi va Medvedev 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, sobiq dunyo birinchi raqamli tennischisi turnir bilan erta xayrlashdi.
Endilikda Medvedevni magʻlub etgan Lyorner Tьen chorak final bosqichida Germaniya vakili Aleksandr Zverevga qarshi bahs olib boradi. Zverev hozirda juda yaxshi sport formasida boʻlib, bu qarama-qarshilik turnirning eng qiziqarli voqealaridan biri boʻlishi kutilmoqda. Rossiyalik muxlislar uchun esa Daniilning bunday yirik hisobdagi magʻlubiyati haqiqiy sovgʻa boʻlmagan yangilik boʻldi

