Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati Irina Rodnina dunyoning 104-raketkasi Polina Kudermetova Oʻzbekiston bayrogʻi ostiga oʻtgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
“Anchadan beri maʼlumki, yaqin xorij, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon sharafini himoya qilishni boshlagan rossiyalik sportchilar bunday qarorlarni moliyaviy manfaatdorlik tufayli qabul qilishadi. Oʻzbekiston bu tennischilarni sotib olishi mumkin edi va shunday ham boʻldi”, – dedi Rodnina.
Eslatib oʻtamiz, qisqa fursatda rossiyalik tennischilar Mariya Timofeeva, Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova Oʻzbekiston fuqaroligini qabul qilgan edi.
