Myunxenda “Bavariya”ga qarshi kechayotgan bahsning 42-daqiqasida frantsiyalik yulduz oʻz jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol Mbappe uchun joriy EChL mavsumidagi safar oʻyinlarida kiritilgan 10-toʻp boʻldi.Bu musobaqa tarixidagi (Evropa chempionlar kubogini ham hisobga olganda) mutlaq rekord hisoblanadi. Hali hech kim bir mavsum davomida raqib maydonlarida bunchalik koʻp gol urishni uddalamagan edi.Hozirda Mbappening joriy mavsum EChLdagi jami gollari soni 15 taga etdi. Turnir tarixida bir mavsumda faqatgina Krishtianu Ronaldu bundan koʻproq gol urishga muvaffaq boʻlgan.Eslatib oʻtamiz, “Real Madrid” va “Bavariya” oʻrtasidagi uchrashuv davom etmoqda. Mbappe oʻz rekordini yanada yangilash imkoniyatiga ega.Havola :Olamsport.com saytiningTwitterdagi sahifasini kuzating!Reyting:Xabar yoqdimi? Birinchilardan boʻlib doʻstlaringiz bilan oʻrtoqlashing!Oʻxshash yangiliklar07:30Mbappe “Atletiko”ga qarshi oʻynashga tayyor018:17″Real” va Mbappe vakillari oʻrtasida ziddiyat: Kilianning jarohati kutilganidan jiddiyroq va u “Man Siti”ga qarshi oʻynashni istamayapti017:47EChL. “Real”ning “Benfika”ga qarshi qaydnomasi eʼlon qilindi, unda Mbappe yoʻq0FikrlarFikr qoldirish uchunavtorizatsiyadanoʻtingEng yaxshilarOxirgiBirinchi
Manba: Olamsport
