10 koʻrishlar
G’azalkent futbol klubi Navbahor ga qarshi O’zbekiston Kubogi chorak finalida autizmli bolalar uchun maxsus ta’lim markazi tarbiyalanuvchilari yaratgan dizayn elementlari tushirilgan liboslarda maydonga tushadi. Ushbu tashabbus sportchilar va jamoatchilik e’tiborini maxsus ehtiyojga ega bolalarga qaratishga xizmat qiladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu liboslar sotuvidan tushgan mablag’lar bolalar ta’lim markaziga yo’naltiriladi.
Manba: gazeta.uz
