Diyora Keldiyorova Aqtaudagi xalqaro turnirda oltin medalni qo'lga kiritdi

7 koʻrishlar

Diyora Keldiyorova ikki yillik tanaffusdan so’ng tatamiga qaytdi va Aqtaudagi xalqaro turnirda oltin medalni qo’lga kiritdi. Ushbu xalqaro musobaqada ishtirok etgan Olimpiada chempioni yana bir bor yuqori natija ko’rsatdi.

-52 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi final bellashuvida ozarbayjonlik raqibiga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini muddatidan ilgari mag’lubiyatga uchratdi. Shu tariqa u turnirning oltin medaliga sazovor bo’ldi.

Bellashuvdan so’ng Olimpiada chempioni o’z fikrlari bilan bo’lishdi. Diyora Keldiyorova o’z intervyusida: “Dzyudoni yaxshi ko’raman, dzyudo bilan yashayman”, deya ta’kidlab o’tdi.

Manba: gazeta.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *