Жавоҳир Синдаров: “Бутун Ўзбекистон турнирни кузатаётганини ҳис қилдим"

— Juda xursandman. Turnir hali tugamadi, lekin oldindan yutib qoʻyganimdan xursandman. Agar bugun yutqazganimda, kun juda ogʻir oʻtardi. Yaxshi oʻynadim. Kecha oilaviy chatda billboard rasmini yuborishganda hayron qoldim. Butun Oʻzbekiston turnirni kuzatayotganini his qildim. Har turda qoʻllab-quvvatlashni sezdim. Buning uchun hammaga rahmat.Javohir jamoasi haqida shunday dedi:— Menda uchta sekundant bor. Bittasi shu erda edi, qolganlari onlayn yordam berdi. Roman Vidonyak bilan koʻproq koʻnikmalar va psixologiya ustida ishlaymiz. Jamoamiz juda zoʻr. Hozircha hammani ochiqlamayman, chunki oldinda match ham bor.Turnir davomida bosim boʻlganini ham yashirmadi:— Yaxshi pozitsiyada boʻlsam, koʻp yuraman. Bu odat boʻlib qolgan. Lekin ayrim partiyalar juda ogʻir boʻldi, ayniqsa Fabiano Karuanaga qarshi va birinchi tur. Birinchi turda omad ham rol oʻynadi va bu butun turnirni oʻzgartirdi.Bunday turnirni yutish uchun biroz omad ham kerak.Sevimli partiyalari haqida bunday javob berdi:— Praggga qarshi ikkala partiya ham yoqdi. Lekin Fabiano Karuanaga qarshi partiya alohida yoqdi. Men odatda shunaqa oʻyinlarni afzal koʻraman.Tayyorgarlik haqida ham toʻxtalib oʻtdi:— Bu turnir oldidan debyutlar ustida koʻproq ishladim. Jamoamiz bilan koʻp tayyorlandik. Bundan tashqari murabbiyim bilan umumiy oʻyin darajam ustida ham ishladik.Va eng muhim maqsad:— Bugun eng avvalo oilamga qoʻngʻiroq qilaman. Bu lahzani ular bilan boʻlishishni xohlayman. Keyingi vazifam esa jahon chempionligi uchun matchda maksimal darajada yaxshi oʻynash.Havola :Manba :uzchessOla

Manba: Olamsport

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *