Evropaning yirik klublari atrof-muhitni asrashga qaratilgan tashabbuslari bilan ajralib turishmoqda. Masalan, “Yuventus” har bir gol uchun Turin atrofida 200 tupdan koʻchat ekish aktsiyasini oʻtkazmoqda va 2022 yildan keyin 32 ming tupga yaqin koʻchat oʻtqazdi. “Arsenal” Keniyada 19 ta “Emireyts” stadioni hududiga teng choʻl zonasini yashil hududga aylantirish uchun 35 mingdan ziyod daraxt ekdi. “Barselona” esa chipta narxiga 0,5 evro miqdorida eko-soliq qoʻshib, bu mablagʻni “Kamp Nou” va mashgʻulot bazasida quyosh panellari oʻrnatish hamda yomgʻir suvini yigʻish tizimlarini joriy qilishga sarflamoqda. Shuningdek, Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasining har bir aʼzosiga narxi 280-400 ming dollar atrofidagi eksklyuziv Jacob & Co soatlarini sovgʻa qilgani ham keng muhokama qilindi.
