Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixida ilk marta yoʻllanmani qoʻlga kiritgan JCh-2026 final raundiga qurʼa tashlash marosimi 5 dekabrь kuni Vashingtonda boʻlib oʻtadi (Toshkent vaqti 22:00). Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa 3-savatdan joy oladi. Qiziqarli jihati, agar Oʻzbekiston termasi musobaqa mezbonlaridan biri — Meksika guruhiga tushsa, turnirning ochilish oʻyinini 11 iyunь kuni Mexikodagi afsonaviy “Atsteka” stadionida oʻtkazadi. Marosimda OʻFA rahbarlari, murabbiylar shtabi va FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan Mirjalol Qosimov ishtirok etadi. Shu bilan birga, Eron futbol federatsiyasi AQSh hukumati delegatsiya aʼzolariga viza bermagani sababli marosimni boykot qilishini eʼlon qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *