“Inter Mayami” yulduzi Lionelь Messi “Barselona”ning asr futbolchisi sifatida eʼtirof etilganidan soʻng bergan intervьyusida klubdagi hayotini hamon sogʻinayotganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, MLSdagi hotirjamlik unga futboldan koʻproq zavq olish imkonini bermoqda. Messi, shuningdek, JCh-2026 borasidagi yakuniy qarorini oʻsha paytdagi jismoniy holatiga bogʻlashini maʼlum qildi, jamoaga ortiqcha yuk boʻlishni istamasligini bildirdi. Argentinalik daho professional darajada “Gol+Pas” tizimi boʻyicha 1300 ochko toʻplagan tarixdagi birinchi futbolchi boʻldi va “Inter Mayami”ni tarixda ilk marta MLS yarim finaliga olib chiqdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *