Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoaning dekabrь oyidagi eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. 33 yoshli belьgiyalik posbon muxlislar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada gʻolib chiqib, jamoaning boshqa yulduzlarini ortda qoldirdi.

Kurtua ushbu sovrin uchun kurashda Jud Bellingem, Antonio Ryudiger, Rodrigo va Orelьen Tchuameni kabi futbolchilar bilan raqobatlashdi. Muxlislarning aksariyati aynan darvozabonning ishonchli oʻyinini yuqori baholashdi. Dekabrь oyi davomida Tibo “qirollik klubi” safida barcha turnirlarda jami 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda u oʻz darvozasidan 5 ta toʻp oʻtkazib yubordi, biroq muhim vaziyatlardagi seyvlari bilan jamoasiga qimmatli ochkolarni qoʻlga kiritishda yordam berdi.

Kurtuaning jarohatdan keyin oʻz formasini tiklab olishi va yana etakchiga aylanishi “Real” muxlislarini quvontirmoqda. Bu sovrin tajribali posbonning mavsumning hal qiluvchi pallasiga yuqori kayfiyatda kirib borishini taʼminlaydi. Madridliklar himoya chizigʻidagi barqarorlik aynan Kurtuaning ishonchli harakatlari bilan uzviy bogʻliqdir.

Jamoa oldida turgan yangi yildagi maqsadlar yoʻlida Tiboning ahamiyati beqiyos. U nafaqat darvozani qoʻriqlaydi, balki maydondagi etakchilik qobiliyati bilan ham sheriklarini ruhlantirib turadi. Dekabrь oyidagi muvaffaqiyat buning yaqqol isboti boʻldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *