«Olimpik» klubining sobiq bosh murabbiyi Artyom Petrosyan faoliyatini Superliganing boshqa bir jamoasida davom ettiradigan boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, mutaxassis «Buxoro» klubi bilan kelishuvga erishgan. Petrosyan jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovga yordamchi murabbiy sifatida koʻmaklashadi.
Ushbu tayinlov «Buxoro» jamoasining murabbiylar shtabini kuchaytirish va yangi mavsum oldidan tayyorgarlik jarayonini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda
