2025 yil «Barselona» uchun haqiqiy zafarlar yili boʻldi. Moliyaviy muammolarga qaramay, klub Ispaniyadagi barcha sovrinlarni qoʻlga kiritdi. Hansi Flik kelishi bilan jamoa oʻyini tubdan oʻzgardi — «Barsa» endi har oʻyinda oʻrtacha 2,9 ta gol urmoqda. Bu koʻrsatkich boʻyicha kataloniyaliklar hatto PSJ va «Manchester Siti» kabi grandlarni ortda qoldirdi.
Flik taktikasining asosiy kaliti — ofsayd qopqonlari. Jamoa raqiblarini bir yilda 181 marta «oʻyindan tashqari» holatda qoldirib, bu borada Evropada tengsiz boʻldi. Bu xavfli, ammo samarali uslub jamoani La Ligada peshqadamlikka qaytardi.
Murabbiy futbolchilarni yangi bosqichga olib chiqdi. Rafinьya mavsumning eng mahsuldor oʻyinchisiga aylandi, Lamin Yamal esa dribling boʻyicha Neymardan keyin ikkinchi boʻldi. La Masiya tarbiyalanuvchilari — Fermin Lopes va Mark Kasado kabi yoshlar asosiy tarkibdan mustahkam oʻrin oldi. Hatto «MYu»dan kelgan Reshford va faoliyatini tiklagan Shchensni ham kutilganidan aʼlo darajada oʻynamoqda. Bu — «Barsa»ning yangi davri.
