Ertaga, 30 dekabrь kuni Armaniston poytaxti Erevan shahrida greppling boʻyicha navbatdagi turnir boʻlib oʻtadi. Kechaning asosiy voqeasi UFC yulduzlari — Arman Tsarukyan va Shara Bullet oʻrtasidagi toʻqnashuv boʻladi.
Jang oldidan oʻtkazilgan rasmiy vazn oʻlchash marosimida har ikki sportchi ham bir xil natija qayd etdi:
- Shara Bullet: 84 kg
- Arman Tsarukyan: 84 kg
Taʼkidlash joizki, Shara Bullet uchun bu uning odatiy vazn toifasi hisoblansa-da, Arman Tsarukyan UFC’dagi vaznidan (70 kg) ancha yuqori vaznda gilamga chiqmoqda. Ushbu formatda Tsarukyanning kurash mahorati va Shara Bulletning jismoniy ustunligi oʻzaro toʻqnashadi.
