Aralash yakkakurash ustamizning fikricha, amaldagi chempion Pyotr Yan sobiq chempion Merab Dvalishvilini oʻn martadan oʻn marta magʻlub etadi.

“Men bu erda tarafkashlik qilsam kerak”, – dedi Guskov Red Corner MMA tomonidan eʼlon qilingan videodagi tegishli savolga javob berar ekan. – Men oʻnta jangning hammasini Petyaga beraman. Men uning muxlisiman, menga uning janglari, jang olib borishi, tajovuzkor uslubi yoqadi. U aynan oktagonda juda yaxshi shou koʻrsatadi”.

Hozirga qadar Pyotr Yan va Merab Dvalishvili ikkita jang oʻtkazib, bittadan gʻalabaga erishgan. Biroq, Yan magʻlub boʻlgan birinchi jangda u oʻng qoʻlidan deyarli foydalana olmaydigan jiddiy jarohat bilan oktagonga chiqqandi.

Ayni paytda Yan va Dvalishvili oʻrtasidagi uchinchi jangni oʻtkazish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Ikkala jangchi ham unga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *