Yarim oʻrta vazn toifasida WBA chempioni, amerikalik Rolando Romero oʻzining majburiy daʼvogari, hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov haqida fikr bildirdi. Romeroning soʻzlariga koʻra, u oʻzbek bokschisi haqida hech qanday maʼlumotga ega emas.

“Men uni hatto kimligini ham bilmayman. Uning janglarini hech qachon koʻrmaganman. Shunday ekan, agar seni tanimasam, sening oldingda hech narsaga majbur emasman”, — deb taʼkidladi chempion.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning oktyabrь oyida WBA tashkiloti Romeroga oʻz kamarini majburiy daʼvogar Shahram Gʻiyosovdan himoya qilish boʻyicha koʻrsatma bergan edi. Romeroning bunday pisand qilmasligi boʻlajak jang oldidan vaziyatni yanada qizitmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *