Nigeriyada sobiq jahon chempioni Entoni Joshua ishtirokida yuz bergan avtohalokatda vafot etganlarning shaxsi aniqlandi. Sports Illustrated nashrining maʼlumotlariga koʻra, ushbu fojiada bokschining eng yaqin koʻmakchilari hayotdan koʻz yumgan:
- Sina Gami — kuch va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy.
- Robert Latts — Joshuaning shaxsiy murabbiyi.
Voqea tafsilotlari: Baxtsiz hodisa Lagos-Ibadan trassasida yuz bergan. Joshua ichida boʻlgan Lexus rusumli avtomobilь yoʻl chetida toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. YTH natijasida mashinadagi ikki kishi halok boʻldi. Entoni Joshuaning oʻzi moʻʼjiza tufayli omon qolgan va faqat engil jarohatlar olgan.
