“Inoue kuchli va juda tez ekanini koʻryapman. Ammo u inson, demak, xato qilishi mumkin. Undan boʻyim baland — bu muhim omil, bu yordam berishi kerak. Bu yil ringda koʻp vaqt oʻtkazmadim, atigi bitta jang oʻtkazdim. Biroq zalda avvalgidan ham koʻproq vaqt mashq qildim. Juda koʻp tayyorlandim va tayyorman.

Men oilam va jamoam uchun jang qilaman. “Uch mushketyor”da aytilganidek: “Bir kishi — barcha uchun”. Bu bir meksikalik bokschi uchun eng katta jang, shuning uchun bu masʼuliyatni ham his qilyapman. Bu bitta emas, balki beshta kamar boʻladi — ularning barchasini uyga olib ketaman. Ilgari hech qachon bunday hisni boshdan kechirmaganman, bu alohida bir voqea boʻlishini bilaman”, — deya Pikasso soʻzlarini keltiradi The Ring nashri.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *