Yarim ogʻir vaznda amaldagi RAF chempioni Bo Nikal va vaqtinchalik kamar sohibi Yoel Romero oʻrtasidagi jang rasman tasdiыlandi.

Ushbu toʻqnashuv 10 yanvarь kuni Floridaning Sanrayz shahrida boʻlib oʻtadigan RAF 5 turnirining asosiy jangiga aylanadi. 29 yoshli Bo Nikal joriy yilning avgust oyida birinchi RAF promousheni turnirida Jeykob Kardenasni magʻlub etib, yarim ogʻir vazn toifasida liga tarixidagi birinchi chempionlikni qoʻlga kiritgandi.

Amerikalik aralash yakkakurash ustasi 20 dekabrь kuni Indiana shtatining Fisher shahrida boʻlib oʻtgan RAF 4 musobaqasida Yoel Romeroga qarshi kamar himoyasiga chiqishi kerak edi. Ammo jang arafasida u turnir ishtirokchilari safidan chiqqandi. Uning oʻrnini egallagan Pet Daunini kubalik 48 yoshli Romero muddatidan oldin magʻlub etib, vaqtinchalik chempionlik kamariga ega chiqqandi.

Ayni paytda UFC’da ishtirok etayotgan Bo Nikalda janglar yoʻq, Yoel Romero esa 7 fevralь kuni Filadelьfiyada boʻlib oʻtadigan KnuckleMania VI turnirida yarim ogʻir vazn toifasida BKFC chempioni Lorenso Xantga qarshi jang qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *