Red Bull CEO’si Oliver Minttslaff jamoa rahbari Kristian Xornerning ishdan boʻshatilishi boʻyicha ilk bor izoh berdi.

Xorner 2005 yildan beri jamoani boshqarib, Fettel va Ferstappen bilan koʻplab gʻalabalarga erishgan edi. Biroq, mavsum oʻrtasidagi muvaffaqiyatsizliklar sabab, Britaniya Gran-prisidan soʻng u lavozimini tark etdi. Uning oʻrniga Loran Mekis tayinlandi. Oʻzgarishdan soʻng jamoa natijalari yaxshilandi, ammo Maks Ferstappen 5-titulni bor-yoʻgʻi 2 ochko farq bilan boy berdi.

Minttslaff De Telegraaf nashriga shunday dedi: «Bu tavakkal emas edi, biz qarorimiz toʻgʻriligiga 100% ishongandik. Biz nimadir qilishimiz kerakligini bilardik».

U Xornerning xizmatlarini eʼtirof etgan holda, faqat oʻtmishdagi yutuqlarga tayanib boʻlmasligini taʼkidladi: «Kristianning natijalari ajoyib va biz uni qadrlaymiz. Ammo professional tashkilotda faqat tarixga tayanib yashab boʻlmaydi, biz yangi sahifa ochish vaqti keldi deb hisobladik».

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *