«Liverpulь» hujumchi Aleksandr Isakning «Tottenxem»ga qarshi oʻyinda (2:1) olgan jarohati jiddiy boʻlishidan xavotirlanmoqda. Zaxiradan tushib gol urgan shved hujumchisi Mikki van de Ven bilan toʻqnashuvdan soʻng maydonni tark etishga majbur boʻldi.
26 yoshli futbolchi yakshanba kuni MRT koʻrigidan oʻtdi. Slotning aytishicha, gol urgan oʻyinchining maydonga qayta olmagani «yomon belgi». Sentyabrь oyida 125 mln funt evaziga kelgan Isak jarohatlar va sport formasi tufayli «Anfild»da qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Hozirda Muhammad Saloh va Kodi Gakpo ham safda emas. Endi asosiy eʼtibor mavsumda 11 ta gol urgan Yugo Ekitikega qaratiladi. Isakning qachon safga qaytishi yaqin kunlarda maʼlum boʻladi.
