Pep Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etishga tayyorlanish kerakligini aytganidan soʻng, voris masalasi dolzarb boʻlib qoldi. Toʻqqiz yil davomida ingliz futbolini oʻzgartirgan murabbiyning ketishi katta yoʻqotish boʻlishi aniq. Klub rahbariyati allaqachon nomzodlarni qidirishni boshlagan.

Daʼvogarlar orasida Premьer-liganing tanish chehralari bor. “Chelsi” ustozi Entso Mareska Gvardiolaning sobiq yordamchisi sifatida asosiy nomzodlardan biri. Shuningdek, “Aston Villa”ni yuksaltirgan Unai Emeri va “Bornmut”da muvaffaqiyat qozongan Andoni Iraola ham roʻyxatda boʻlishi mumkin.

Evropadan esa PSJ bilan zafar quchgan Luis Enrike va “Bavariya”da porlayotgan sobiq sardor Vensan Kompani nomlari tilga olinmoqda. Hatto Xabi Alonso va ishsiz yurgan Zinedin Zidan variantlari ham istisno qilinmaydi. Ichki tizimdan Pep Linders yoki “Arsenal”da oʻzini koʻrsatgan Mikelь Artetaning qaytishi esa haqiqiy “bomba” boʻlishi mumkin. “Siti” uchun Gvardioladan keyingi davr eng katta sinov boʻladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *