«Liverpulь» yarim himoyachisi Kertis Jons Muhammad Saloh oʻz intervьyusidan soʻng jamoadoshlaridan uzr soʻraganini maʼlum qildi. Avvalroq Saloh bosh murabbiy Arne Slot bilan munosabatlari yomonlashganini aytgan va shu sababli «Inter»ga qarshi oʻyin qaydnomasidan chetlatilgan edi.
Jonsning soʻzlariga koʻra, Saloh kiyinish xonasida: «Agar birontangizga taʼsir qilgan boʻlsam yoki koʻnglingizni ogʻritgan boʻlsam, uzr soʻrayman», — deya vaziyatni yumshatgan. «Liverpulь» safida ichki muhit barqarorligicha qolmoqda.
Arne Slot esa futbolchi bilan hech qanday muammo qolmaganini va Saloh allaqachon «Brayton»ga qarshi oʻyinda zaxiradan tushib, golli uzatma berganini taʼkidladi. Hozirda Saloh Misr terma jamoasi bilan Afrika Kubogiga yoʻl olgan. Murabbiy futbolchini turnir davomida ortiqcha gap-soʻzlar bilan chalgʻitmaslikka qaror qildi.
Bugun, shanba oqshomida «Liverpulь» Premьer-liga doirasida «Tottenxem» mehmoni boʻladi.
