Jahon miqyosidagi eʼtirozlardan soʻng, FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati chiptalari narxini keskin pasaytirishga qaror qildi. Endilikda eng sodiq muxlislar uchun final oʻyiniga chiptalar avvalgi 4 185 dollar oʻrniga atigi 60 dollardan sotiladi.

Bunday arzon chiptalar turnirning barcha oʻyinlari uchun amal qiladi. Ular milliy federatsiyalar orqali jamoasini doimiy qoʻllab-quvvatlab kelayotgan ashaddiy ishqibozlarga tarqatiladi. FIFA bu qarorni sayohat qiluvchi muxlislarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilganini bildirdi.

Shuningdek, FIFA turnir yakunida qaytariladigan mablagʻlardan maʼmuriy toʻlovlarni olmaslikka ham vaʼda berdi. Eslatib oʻtamiz, avvalroq chiptalarning haddan tashqari qimmatligi va “dinamik narx belgilash” tizimi butun dunyo futbol jamoatchiligining keskin tanqidiga sabab boʻlgan edi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *