Turkiya futbolida noqonuniy bukmekerlik bilan bogʻliq misli koʻrilmagan tergov ketmoqda. Yuzdan ortiq futbolchi, klub egalari va hakamlar nazorat ostida.

Asosiy voqealar:

  • Ommaviy jazolar: TFF (Turkiya futbol federatsiyasi) 1000 dan ortiq futbolchini chetlatdi. Ulardan 102 nafari yuqori divizion vakillaridir.
  • Hibslar: “Galatasaroy” aʼzosi Metexan Baltaji va “Fenerbaxche” sardori Mert Xakan Yandash hibsga olinganlar orasida. Shuningdek, “Eyupspor” va “Adana Demirspor”ning sobiq rahbarlari ham soʻroq qilinmoqda.
  • Hakamlar mojarosi: 571 hakamdan 371 nafarining bukmekerlik hisoblari borligi, biri esa 18 ming martadan koʻp pul tikkani aniqlangan.

Bu voqea Turkiya futboli imijiga katta zarar etkazdi. Agar jarayon shaffof oʻtmasa, UEFA va FIFA turk klublarini evrokuboklardan chetlatishi mumkin. TFF prezidenti Ibrohim Xajiosmonoʻgʻli vaziyatni “futbol ichidagi vahima” deb atadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *