Unda bu natija Magnus Karlsenni yana klassik shaxmatga qaytarishi mumkinmi, degan savol ham koʻtarilgan.Maqolada aytilishicha, Sindarov butun turnir davomida oʻyinni toʻliq nazorat qilgan. Uning uslubi esa sovuqqonlik, tartib va aniq hisobi tufayli Mihail Botvinnik maktabini eslatadi.Eng katta ustunliklaridan biri esa tayyorgarlik. U koʻp partiyalarda oʻyin rivojini oldindan juda aniq his qilgan, hatto baʼzi holatlarda endshpilьgacha boʻlgan rejani oldindan koʻrib chiqqandek taassurot qoldirgan.Shuningdek, Javohir bosim ostida ham oʻzini yoʻqotmadi. Masalan, Fabiano Karuanaga qarshi murakkab vaziyatda ham himoyani juda aniq olib bordi.Natija esa rekord darajada – 6 gʻalaba, 8 durang. Bu hozirgi formatdagi Nomzodlar turnirida eng yaxshi koʻrsatkich. Endi uni jahon chempionligi uchun Gukesh Dommarajuga qarshi 14 partiyalik match kutmoqda. Ikkalasi ham oʻsha paytga kelib 20 yoshda boʻladi.Hozirgi holatda Sindarov favorit sifatida koʻrilmoqda, lekin Gukesh ham kuchli qarshilik koʻrsatishi aniq.Maqoladagi eng qiziq savol esa boshqacha:— Agar imkon boʻlsa, Karlsen Sindarovga qarshi yana jahon chempionligi uchun oʻynaydimi?Eslatib oʻtilishicha, avvalroq Karlsen faqat Alireza Firuzjaga qarshi oʻynasagina, qaytishi mumkinligiini aytgandi. Ammo vaqt oʻtishi bilan vaziyat oʻzgardi. Firuzja kutilgan darajada oʻsmadi, Sindarov esa aksincha, juda tez yuqori darajaga chiqdi.Maqolada Sindarovning yoʻli ham alohida taʼkidlanadi. U yoshligida Kontr-straykka berilib ketgani, lekin keyin yana jiddiy ravishda shaxmatga qaytib, qisqa vaqt ichida elita darajasiga chiqqani
Manba: Olamsport
