Yaqinda imzolangan Prezident qarori bilan sportga homiylik qilaman degan tadbirkorlar uchun manfaatli sharoitlar yaratildi. Endilikda federatsiya bir yillik xarajatining 20 foizi miqdorida homiylik qilgan tadbirkor boshqaruv aʼzolari tarkibiga kiradi. Professional futbol klubining yillik 20 foiz xarajatini qoplagan tadbirkor klubni ishonchli boshqaruvga olishi mumkin boʻladi.“Umuman, Oʻzbekistonda sport inson salomatligi va yuqori natijalar garovi boʻlish bilan birga daromad keltiradigan sohaga ham aylanishi zarur”,– dedi davlatimiz rahbari.Misol uchun, futbol boʻyicha milliy chempionat oʻyinlari baʼzida ish vaqtida oʻtkazilayotgani, shu bois, muxlislar tashrifi kutilganidek boʻlmayotgani koʻrsatib oʻtildi.Agar oʻyin vaqti dam olish kuni yoki ish kunlari kechki soat 19:00 dan keyin belgilansa, stadionlar atrofida aholiga qiziqarli qoʻshimcha xizmatlar, musiqiy va koʻngilochar tadbirlar tashkil qilinsa, oʻyin kunlari muxlislar uchun qulay transport qatnovi yoʻlga qoʻyilsa, raqib jamoa muxlislariga arzon futbol turpaketlari taklif qilinsa, klublar uchun 2-3 karra koʻp tushum, muxlislar uchun mazmunli hordiq, tadbirkorlarga qoʻshimcha daromad boʻladi.Mutasaddilarga mana shu ishlar orqali stadionlarga muxlislar tashrifini keskin oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.Havola :Manba :championat.asiaOlamsport.com saytiningTelegramdagi sahifasini kuzating!Reyting:Xabar yoqdimi? Birinchilardan boʻlib doʻstlaringiz bilan oʻrtoqlashing!Oʻxshash yangiliklar20:40Prezident Shavkat Mirziyoev Oʻzbekistonda sport sohasini yangi bos
Manba: Olamsport
