Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida belbogʻli kurash federatsiyasining 2025 yil yakunlariga bagʻishlangan tantanali tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda federatsiya raisi Ravshan Dastirov va “Adolat” SDP raisi Robaxon Mahmudova ishtirok etdi.

Yilning eng yaxshilari:

  • Eng yaxshi sportchilar: Kamronbek Nomozboev va Dilafroʻz Mamajonova.
  • Eng yaxshi murabbiylar: Shavkat Mirzaqulov va Baxtiyor Turgʻunpoʻlatov.
  • Eng yaxshi hakam: Miranshoh Roʻziev.
  • Eng yaxshi federatsiya: Andijon viloyati boʻlimi.

Tadbir davomida sportni rivojlantirishga hissa qoʻshgan hududlar (Sirdaryo, Toshkent sh., Buxoro) va faol tashkilotchilar ham taqdirlandi. Shuningdek, bir guruh soha vakillari “Adolat” SDPning koʻkrak nishonlari va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *