Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi mavsumda yana Evropa klub futboliga qaytishni rejalashtirmoqda. Xabarlarga koʻra, italiyalik mutaxassis oʻz nomzodini sobiq jamoasi — **«Real Madrid»**ga taklif qilgan.
Madrid klubi rahbariyati Anchelottining qaytishini inkor etmayapti va bu variantni zaxira rejasi sifatida koʻrib chiqishga tayyor. Taʼkidlash joizki, Karlo avvalroq bergan intervyularida Braziliyadagi faoliyatidan soʻng faqat «qirollik klubi»da ishlashga rozi boʻlishini taʼkidlagan edi.
Ayni damda Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan Jahon chempionati saralashidagi ishlarini davom ettirmoqda, biroq yozda vaziyat oʻzgarishi mumkin.
