Engil vazn toifasida sobiq daʼvogar Jastin Getji UFC promoushenidagi bonuslar tizimidan noroziligini bildirdi. Amerikalik jangchi faoliyati davomida 14 bor bonus olgan boʻlsa-da, ularning umumiy miqdori etarli emasligini taʼkidladi.
“Men 14 ta bonus oldim, lekin ular jami 1 million dollarga ham etmaydi — bu notoʻgʻri. Toʻlovlar ancha yuqori boʻlishi kerak,” — deydi Getji.
Shuningdek, u Paramount bilan tuzilgan yangi kelishuvlardan oddiy jangchilar moddiy manfaat koʻrmayotganini qoʻshimcha qildi.
Eslatib oʻtamiz, Jastin Getji navbatdagi jangini 25 yanvarь kuni Las-Vegasda oʻtadigan UFC 324 turnirida oʻtkazadi. U vaqtinchalik chempionlik kamari uchun britaniyalik Peddi Pimblettga qarshi ringga koʻtariladi.
