Yangi yilning ilk kunlarida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida oʻtgan “Chirchiq Cup-2026” xalqaro dzyudo turnirida 7 ta davlatning yosh sportchilari sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.

2011–2013 yillar hamda 2014–2016 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida tashkil etilgan xalqaro turnirda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Quvayt, Moʻgʻuliston, Rossiya va Tojikiston kabi davlatlardan kelgan 800 nafardan ortiq yosh sportchilar murosasiz bellashuvlarda oʻz omadini sinovdan oʻtkazdi.

Yoshlar va oʻsmirlar terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralash, tanlash vazifasini oʻtagan turnir yakunida Toshkent viloyati dzyudochi yoshlari umumjamoada etakchilikni qoʻlga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlar diplom, medalь hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi

MANBA: https://uza.uz/uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *