Birlashgan kurash dunyosi (UWW) joriy yilning dekabrь oyi uchun jahon reytingini eʼlon qildi. 2025 yil yakuni aks etgan mazkur jadvalda yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar aʼzosi birinchi oʻrinda qayd etilgan.

Unga koʻra, ortda qolayotgan yil turli musobaqalarda yuqori natijalar bilan qimmatli ochkolarni jamgʻargan Alisher Gʻaniev -60 kg, Aytjan Xalmaxanov -63 kg va Abdullo Aliev -72 kg vazn toifalarida jahon reytingining peshqadami sifatida yilni yakunlaydigan boʻlishdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *