10 koʻrishlar
«Barselona» prezidenti Laporta jamoaning oliga qo’yilgan maqsadlari haqida gapirib o’tdi. Uning so’zlariga ko’ra, kataloniyaliklar klubi har mavsumda barcha nufuzli sovrinlar uchun kurash olib borishi shart. Shu bilan birga, klub rahbari jamoa faqatgina natija emas, balki muxlislarga hujumkor hamda tomoshabop o’yin namoyish etishi lozimligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, Laporta muvaffaqiyat tushunchasiga ham to’xtalib o’tdi. Uning fikricha, jamoaning erishadigan muvaffaqiyati faqatgina qo’lga kiritilgan sovrinlar soni bilan o’lchanmaydi. Asosiysi, maydonda ko’rsatiladigan o’yin sifati va muxlislarga zavq ulashadigan harakatlardir.
Manba: sports.uz
