11 koʻrishlar
Joriy yilning 7-8 noyabr kunlari Samarqand shahrida an’anaviy Samarkand Marathon seriyasi tashkil etiladi. Ushbu yirik sport tadbiri dasturidan 2 km, 5 km, 10 km, 21,1 km hamda 42,2 km masofalarga yugurish musobaqalari o’rin olgan.
Shuningdek, tadbir davomida bolalar va inklyuziv startlar, shuningdek, turli xil ekologik tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur xalqaro marafonda dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan kelgan yuguruvchilarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Manba: gazeta.uz
