3 koʻrishlar
Yaponiyada o’tayotgan Osiyo o’yinlarida O’zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 20 taga yetdi. Musobaqada o’zbekistonlik sportchilar boks, dzyudo va taekvondo turlari bo’yicha yana uchta oltin medal oldi. Xususan, bokschi Abdumalik Halokov -60 kg vazn toifasida chempion bo’ldi. Shuningdek, dzyudochi Muzaffarbek To’raboyev +100 kg vaznda g’alaba qozondi. Taekvondo bo’yicha -80 kg vazn toifasida bahs olib borgan Jasurbek Jaysunov ham oltin medalga ega chiqdi.
Manba: gazeta.uz
