Prezident Osiyo o'yinlarida ishtirok etgan O'zbekiston delegatsiyasini tabrikladi

2 koʻrishlar

Shavkat Mirziyoyev Aichi-Nagoyada o’tkazilgan XX yozgi Osiyo o’yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O’zbekiston sportchilari va murabbiylarini tabrikladi. Alp o’g’lonlarimiz va dilbar qizlarimizga shon-sharaflar bo’lsin, deya ta’kidladi davlat rahbari. O’zbekiston delegatsiyasi musobaqalarni 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan yakunladi.

Sportchilarimiz erishgan ushbu yutuqlar natijasida umumjamoa hisobida beshinchi o’rinni egalladi. Yurtimiz vakillari Osiyo o’yinlarida yuqori natija ko’rsatib, shohsupaga ko’tarilishdi va Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Manba: gazeta.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *