Shunga qaramay, u hamyurtining jangini munosib baholadi va uni Merab Dvalishvili ustidan qozonilgan gʻalaba bilan tabrikladi.

“Tabriklayman, ajoyib jang, Pyotr. Merabga tezroq sogʻayib ketishini va yanada kuchli boʻlib qaytishini tilayman”, – deb yozdi “Borz” ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Oʻtgan hafta oxirida Pyotr Yan oʻta engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qaytarib olgandi. U toʻliq besh raund davom etgan jangda Merab Dvalishvilini hakamlarning yakdil qarori bilan magʻlub etgandi. Xamzat Chimaev esa avgust oyida Drikus Dyu Plessi ustidan zafar quchib, oʻrta divizion chempioniga aylangandi.

Rus jangchilari oʻrtasidagi mojaro Pyotr Yan Xamzat Chimaevni rossiyalik jangchi deb hisoblashdan bosh tortgani, “Borz” esa bunga javoban vatandoshining xitoylik ildizlarini eslatgani tufayli yuzaga kelgandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *