Mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan kelgan dzyudochilar 4 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun tatamiga chiqishdi. Yakunda oʻz vaznlarida Shukurjon Aminova, Abdurahmon Saʼdullaev, Mirjalol Toʻxtaev va yosh polvonimiz Fazliddin Rafiqov Samarqand Uzbekistan Judo Tour shohsupasining eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilishdi.Anvarjon Ibrohimov, Artyom Shturbabin, Muhriddin Tilovov, Sevinch Isoqova singari terma jamoaga nomzod dzyudochilarning sovrinli oʻrinlarsiz qolishi bellashuvlarning qanchalik murosasiz kechganidan darak bermoqda. Uzbekistan Judo Tour musobaqasini oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad ham yangi isteʼdodlarni kashf etishdan iborat.Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 200 million soʻmdan iborat boʻlib, gʻoliblar 22, kumush medalь egalari 14 va bronza medalь sohiblari 7 million soʻmga ega chiqishdi.Samarqand Uzbekistan Judo Tour gʻolib va sovrindorlari-63 kg vazn toifasi1. Shukurjon Aminova (Xorazm)2. Marjona Nurulloeva (Samarqand)3. Sarvinoz Husanova (Samarqand)3. Farangiz Rejepova (Buxoro)-66 kg vazn toifasi1. Abdurahmon Saʼdullaev (Toshkent shahri)2. Asadbek Misirov (Samarqand)3. Azizbek Himmatov (Navoiy)3. Shohruh Ibadullaev (Xorazm)-81 kg vazn toifasi1. Mirjalol Toʻxtaev (Samarqand)2. Toʻlqin Ochilov (Qoraqalpogʻiston)3. Muhammaddoʻst Eshdavlatov (Qashqadaryo)3. Saʼdulla Ravshanov (Qashqadaryo)+90 kg vazn toifasi1. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)2. Jaloliddin Qurbonmurotov (Qashqadaryo)3. Qahramon Rahmonov (Qashqadaryo)3. Timur Salam-Zada (Samarqand)Havola :Manba :olamsport.comOlamsport.
Manba: Olamsport
