ПСЖ қаторасига иккинчи йил ҳам ЕЧЛ финалида!

22 koʻrishlar

Germaniya chempionligini muddatidan avval hal qilib ulgurgan “Bavariya” Myunxenda Frantsiyaning PSJ klubi bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi. “Oltin toʻp” sohibi Usman Dembele 3-daqiqadayoq mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qoʻshib berilgan toʻrtinchi daqiqada Xarri Keyn muvozanatni tikladi.Bu ikki jamoaning Parijda oʻtgan dramatik “otishmasi”da frantsuzlar bitta toʻp farqi bilan zafar quchishgandi – 5:4!Endi PSJ EChL bosh sovrini uchun Londonning “Arsenal” klubiga qarshi maydonga tushadi. “Kanonirlar” kecha ikki oʻyin natijasiga koʻra “Atletiko”ni musobaqadan chiqarib yuborishgan edi. Final 30 may kuni Vengriyaning Budapesht shahridagi “Pushkash Arena”da boʻlib oʻtadi.“Bavariya” – PSJ 1:1 (Birinchi oʻyin – 4:5)Gollar:3 – Usman Dembele, 90+4 – Xarri Keyn“Bavariya”:1. Manuelь Noyer, 44. Yosip Stanishich (19. Alьfonso Devis, 67’), 2. Deotshankyulь Upamekano (42. Lenart Karl, 85’), 4. Jonatan Ta (3. Kim Min Je, 68’), 27. Konrad Laymer, 6. Yoshua Kimmix, 45. Aleksandar Pavlovich, 17. Maykl Olise, 10. Jamal Musiala (11. Nikolas Jekson, 79’), 14. Luis Dias, 9. Xarri Keyn.PSJ:39. Matvey Safonov, 5. Markinьos, 51. Vilьyam Pacho, 25. Nunu Mendesh (24. Senni Mayulu, 85’), 87. Joau Nevesh, 17. Vitinьya, 33. Uorren Zair-Emeri, 8. Fabian Ruis (4. Lukas Beraldo, 76’), 14. Dezire Due (21. Lukas Ernandes, 76’), 10. Usman Dembele (29. Bredli Barkolьya, 65’), 7. Xvicha Kvaratsxeliya.Ogohlantirishlar:8 – Nunu Mendesh, 33 – Yosip Stanishich, 45+3 – Xvicha Kvaratsxeliya, 78 – Luis Dias, 86 – MarkinьosHavola :Olamsport.com saytini

Manba: Olamsport

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *