APLning 13-turi markaziy uchrashuvida “Chelsi” va “Arsenal” 1:1 hisobida durang oʻynadi. “Arsenal” 31 avgustdan buyon 17 oʻyinda magʻlubiyatga uchramay kelmoqda. “Chelsi” ham magʻlubiyatsiz seriyasini 7 oʻyinga etkazdi. “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandning golsiz seriyasi 3 oʻyinga etdi – bu uning may oyidan beri kuzatilgan eng uzoq “sukut”idir. “Manchester Yunayted” 25 oktyabrdan keyin ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi, Brunu Fernandesh esa klub tarixida assistentlar boʻyicha Pol Skoulzdan oʻzib ketdi. Oʻyindagi eng uzoq masofadan urilgan golni 43,3 metrdan “Bornmut” yarim himoyachisi Tayler Adams kiritdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *