Oqshomning asosiy jangi hamyurtimiz Asadbek Saidov va engil vazn chempioni, qozogʻistonlik Sayat Abduali oʻrtasida kechishii kerak edi, biroq Saidovning jarohat olishi natijasida jang bekor boʻlgandi.Shundan soʻng, Liga oʻzbekistonlik Odilxon Kamolov va Tojikiston vakili Kamil Karate oʻrtasidagi trilogiya bahsini markaziy jang sifatida belgiladi. Ammo Odilxonning qoʻli singani va buning natijasida turnirda qatnasha olmasligi maʼlum boʻldi. Keyin kechaning asosiy jangi boshqa bir yurtdoshimiz — Bobur Abdulazizov va qozogʻistonlik Tazabek Bayanov oʻrtasida kechishi haqida xabar berildi.Ammo Octagon League turnirning asosiy bellashuvi yana oʻzgarganini maʼlum qilindi. Endi main event’da oʻzbekistonlik pop-MMA jangchisi Ogʻabek “Saturn” Abdumoʻminov tojikistonlik Qamariddin “Kamil Karate” Hasanov bilan toʻqnash keladi.Havola :Manba :olamsport.comOlamsport.com saytiningTwitterdagi sahifasini kuzating!Reyting:Xabar yoqdimi? Birinchilardan boʻlib doʻstlaringiz bilan oʻrtoqlashing!Oʻxshash yangiliklar10:40″Saturn” Kamil “Karate”ga qarshi Octagon 86 turniri markaziy jangiga munosabat bildirdi (VIDEO)011:16Octagon 86 turnirining yangi markaziy jangi ham bekor boʻldi. Odilxon qoʻlini sindirib olibdi (VIDEO)009:51Karatechilarimiz “Uzbekistan Open” turnirida 128 ta medalь jamgʻarishdi0FikrlarFikr qoldirish uchunavtorizatsiyadanoʻtingEng yaxshilarOxirgiBirinchi
Manba: Olamsport
