NHL yulduzlari bayramni nishonlayotgan bir paytda, Shimoliy Amerikaning uchinchi divizioni — ECHLda haqiqiy isyon ko‘tarildi. 26-dekabr kuni xokkeychilar o‘yinlarni bekor qilib, ish tashlash e’lon qilishdi.
Mojaro Sabablari
Asosiy muammo shartnomalar muddati tugagani va yangi kelishuvga erishilmaganida edi. O‘yinchilar quyidagi talablarni ilgari surishdi:
- Kafolatlangan kontraktlar: Hozirda klublar istalgan vaqtda shartnomani bekor qilishi mumkin.
- Tibbiy sug‘urta: Xokkeychilar mavsumlararo tanaffusda sug‘urtasiz qolishmoqda.
- Maosh: Yangi o‘yinchilar yiliga bor-yo‘g‘i 15-16 ming dollar oladi, bu esa AQSh standartlari uchun juda kam.
- Ish sharoiti: 14 soatlik avtobus sayohatlari va sifatsiz ekipirovkalar o‘yinchilarning chidash chegarasidan o‘tib ketgan.
Natija
Ish tashlash uzoq davom etmadi. 27-dekabr kuni liga yon berishga majbur bo‘ldi. Yangi 5 yillik kelishuvga ko‘ra, maoshlar 20 foizga oshiriladi, majburiy dam olish kunlari joriy etiladi va bayram tanaffuslari uzaytiriladi. Sug‘urta va kafolatlangan kontraktlar bo‘yicha muzokaralar hali ham davom etmoqda.
Ushbu voqea pastki ligalarda ham xokkeychilar o‘z sog‘lig‘i va huquqlari uchun kurasha olishini koatib berdi.
