{"id":422,"date":"2026-02-21T12:43:35","date_gmt":"2026-02-21T07:43:35","guid":{"rendered":"https:\/\/intersport.uz\/?p=422"},"modified":"2026-02-21T12:43:36","modified_gmt":"2026-02-21T07:43:36","slug":"??????????-????????-?????-?????????","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/intersport.uz\/?p=422","title":{"rendered":"Jahannamga aylangan ertak: kar\u044cerasidan voz kechib, shayxga turmushga chiqqan sportchi qizning ayanchli taqdiri haqida"},"content":{"rendered":"\n<ul class=\"wp-block-list\"><\/ul>\n\n\n\n<p>Zaynab Javadlining hayot yo\u02bbli xuddi dramatik fil\u044cm stsenariysini eslatadi. Mashhur murabbiy Irina Vinnerning eng iqtidorli shogirdlaridan biri bo\u02bblgan ushbu sportchi katta muvaffaqiyatlar ostonasida turgan edi. Biroq u o\u02bbzi uchun muvaffaqiyatli kar\u044cera va tinch hayot emas, balki kishan va tutqunlikka olib boruvchi yo\u02bblni&nbsp;<a href=\"https:\/\/the-day.ru\/istorii\/popala-iz-skazki-v-ad-kak-seichas-zhivet-gimnastka-kotoraya-brosila-kareru-i-vyshla-zamuzh-za-sheikha\/\">tanladi<\/a>.<\/p>\n\n\n\n<p>Zaynab Javadli \u201chayotimdagi ideal erkakni topdim\u201d degan shirin xayollar bilan sport, unvonlar va porloq kelajagidan voz kechdi. Afsuski, u orzu qilgan sharqona ertak ko\u02bbp o\u02bbtmay haqiqiy dahshatga aylandi va u hamon bu girdobdan chiqib keta olmayapti. Bugun uning hayoti bitmas-tuganmas sud majlislari, doimiy tahdidlar va o\u02bbz jigarbandlaridan judolikka to\u02bbla. Ayolning o\u02bbzi esa jamoatchilik ko\u02bbzidan butunlay g\u02bboyib bo\u02bblgan. Undan faqatgina yordam so\u02bbrab yo\u02bbllangan yurakni o\u02bbrtovchi xabarlar qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Sportga ilk qadam<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560025604855701_zeyneb(6).jpg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: The Day<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p>Zaynab 1991 yili Bokuda dunyoga kelgan va to\u02bbqqiz yoshidan badiiy gimnastika bilan shug\u02bbullana boshlagan. Odatda mutaxassislar bu yoshni sport uchun kech deb hisoblasalar-da, qizaloqdagi egiluvchanlik va matonat barcha shubhalarni yo\u02bbqqa chiqardi.<\/p>\n\n\n\n<p>2005 yildayoq u Ozarbayjon terma jamoasi safidan joy oldi. Garchi Olimpiada shohsupasiga ko\u02bbtarilmagan bo\u02bblsa-da, jahon va Evropa chempionatlarida sovrindorlar qatoridan joy egalladi. Xalqaro musobaqalarda unga bir necha bor \u201cMiss Elegant\u201d unvoni topshirildi, o\u02bbz vatanida esa \u201cNeftchi\u201d klubining yulduziga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560040878593501_2980x1987_0xowUD9kb4_8828803797715880519.jpg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: The Day<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p>Uning iste\u02bcdodini jahon gimnastikasi afsonasi Irina Vinner payqab qoldi va o\u02bbn olti yoshli qizni o\u02bbz jamoasiga taklif qildi. Zaynab bunga rozi bo\u02bbldi, biroq ona vataniga sodiq qolgan holda faqat Ozarbayjon bayrog\u02bbi ostida ishlashda davom etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>21 yoshida olgan jarohati sababli Zaynab katta sportni tark etishga majbur bo\u02bbldi. Ammo sevimli mashg\u02bbulotidan butunlay uzilib qolmadi va bolalarga murabbiylik qila boshladi. U Turkiyada mahorat darslari o\u02bbtdi, so\u02bbng Bokuda shaxsiy gimnastika maktabini ochdi. U doim yirik sport tadbirlari markazida bo\u02bblishga intilardi va aynan shunday marosimlardan biri uning hayotini ostin-ustun qilib yubordi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560060100575296_819.jpg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: The Day<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p><strong>Shayx bilan uchrashuv<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Dubay amirlari sulolasiga mansub bo\u02bblgan Said al-Maktum Ozarbayjonga musobaqa munosabati bilan kelgan edi. U diqqat markazida bo\u02bblishga odatlangandi, chunki uning otasi bir vaqtlar amir bo\u02bblgan, hozirda bu lavozimni Saidning amakisi egallab turibdi. Shayxning o\u02bbzi ham sportdan uzoq shaxs emas \u2014 u stenddan otish bo\u02bbyicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo\u02bblga kiritgan.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560101516375076_000000.jpg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: The Day<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p>2015 yilda, ya\u02bcni ular tanishgan paytda shayx 39 yoshda bo\u02bblib, u juda boy, kelishgan va xushmuomala edi. Mahalliy qonunlarga ko\u02bbra, u kun kelib Dubay taxtiga o\u02bbtirishi ham mumkin edi. Shayx ozarbayjonlik gimnastikachining ko\u02bbnglini tezda ovladi. Zaynabni na yoshdagi farq, na bo\u02bblajak turmush o\u02bbrtog\u02bbining allaqachon ikkita xotini borligi to\u02bbxtata oldi. Shayx unga uchinchi rafiqa bo\u02bblishni taklif qildi va u ikkilanmay rozi bo\u02bbldi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560131562626032_1080x1082_0xspB7DZ5p_3165001971059615107.jpg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: Instagram<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p>Yaqinlari uni bu yo\u02bbldan qaytarishga ko\u02bbp urinishdi. Uni o\u02bbzga davlatda hech qanday huquqqa ega bo\u02bblmasligi, erining oilasi shunchalik qudratliki, biror ko\u02bbngilsizlik yuz berganda hatto sud ham unga yordam bera olmasligidan ogohlantirishdi. Ammo ishq ko\u02bbzini ko\u02bbr qilgan Zaynab hech kimga quloq solmadi. U Saidning boshqa xotinlari \u2014 biri qarindoshi, ikkinchisi belorussiyalik sobiq ofitsiant Natalya Alievaning hashamatli hayotiga qarab, o\u02bbzini ham shunday shohona kelajak kutmoqda deb ishonardi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Oltin qafasdagi dahshatli hayot<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560147181898213_1080x1325_0xMZWPESqD_0066274130626612894.jpg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: Instagram<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p>Dubayga ko\u02bbchib o\u02bbtgach, dastlabki yillar haqiqatan ham ertakdek o\u02bbtdi. Zaynab besh yil ichida uch nafar qiz farzand ko\u02bbrdi. Ammo ko\u02bbp o\u02bbtmay munosabatlar darz ketdi. Mish-mishlarga ko\u02bbra, shayx o\u02bbg\u02bbil farzand kutgan, ammo uning uchinchi xotini faqat qiz tug\u02bbib berganidan norozi bo\u02bblgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Vaqt o\u02bbtib Zaynab sevimli rafiqa maqomini yo\u02bbqotdi va o\u02bbz haq-huquqlarini talab qila boshladi. Bu esa shayxga ma\u02bcqul kelmadi. Vaziyat shunchalik keskinlashdiki, gimnastikachi oxiri ajrimga ariza berdi. Aynan mana shu nuqtada uning hayotida haqiqiy jahannam boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560165295873588_1771559345952.jpeg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: Instagram<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560165295873588_1771559334042.jpeg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: Instagram<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p>Zaynab qizlarini o\u02bbzi bilan qoldirishni so\u02bbradi, biroq shundan so\u02bbng uning o\u02bbzi va u erga ko\u02bbchirib keltirgan ota-onasi noma\u02bclum shaxslar tomonidan muntazam ta\u02bcqib qilina boshladi. Eri esa ochiqchasiga tahdid qilishga o\u02bbtdi. Yaqinlari ogohlantirgan barcha bashoratlar hayotida birma-bir sodir bo\u02bblayotgan edi. U bolalari bilan vatani Ozarbayjonga qochib ketmoqchi bo\u02bbldi, ammo erining ruxsatisiz qizlarini mamlakatdan olib chiqishning aslo iloji yo\u02bbq edi. Elchixona esa qudratli shayxlar oilasi oldida ojiz ekanini bildirib, yordam bera olmadi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560217580687773_1771559325062.jpeg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: Instagram<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560236560180218_736x1308_0xEkS2EjI7_4967311648264610269.jpg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: Instagram<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p>\u200bUmidsizlikka tushgan Zaynab ijtimoiy tarmoqlar orqali dunyo jamoatchiligiga murojaat qildi va o\u02bbzining \u201cbaxtli\u201d hayot pardasini ochib tashladi. U endi saroyda emas, balki oddiy xususiy uyda ota-onasi bilan qo\u02bbrquv ichida yashar edi. Advokatlari BMTga murojaat qilishdi, biroq shayxning yuristlari uni \u201cyomon ona\u201d deb e\u02bclon qilib, sud orqali bolalarini tortib oldi. Javadli ijtimoiy tarmoqlarda qirq kun davomida jigarbandlarini ko\u02bbrmaganini yig\u02bblab so\u02bbzlab berdi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/data.daryo.uz\/media\/content\/2026\/02\/20\/1771560443002984138_640x1136_0xrDkXudL2_5930961929728061335.jpg\" alt=\"\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Foto: Instagram<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p>Oxir-oqibat, shayx uni ota-onalik huquqidan butunlay mahrum qilish uchun da\u02bcvo kiritdi. Shundan so\u02bbng Zaynab Javadli barcha ijtimoiy sahifalarini o\u02bbchirib, butunlay sukunatga cho\u02bbmdi. Bugun u qaerda, ahvoli qanday, hech kim bilmaydi. Shayxning ikkinchi xotini Natalya Alieva esa jimlik saqlamoqda, chunki uning o\u02bbzi ham allaqachon chiqish yo\u02bbli bo\u02bblmagan oltin qafas ichidagi mahbusga aylanib bo\u02bblgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><em>manba: <a href=\"https:\/\/daryo.uz\/uz\/2026\/02\/20\/jahannamga-aylangan-ertak-karyerasidan-voz-kechib-shayxga-turmushga-chiqqan-sportchi-qizning-ayanchli-taqdiri-haqida\">daryo.uz<\/a><\/em><\/p>\n\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zaynab Javadlining hayot yo\u02bbli xuddi dramatik fil\u044cm stsenariysini eslatadi. Mashhur murabbiy Irina Vinnerning eng iqtidorli shogirdlaridan biri bo\u02bblgan ushbu sportchi katta muvaffaqiyatlar ostonasida turgan edi. Biroq u o\u02bbzi uchun muvaffaqiyatli kar\u044cera va tinch hayot emas, balki kishan va tutqunlikka olib boruvchi yo\u02bblni&nbsp;tanladi. Zaynab Javadli \u201chayotimdagi ideal erkakni topdim\u201d degan shirin xayollar bilan sport, unvonlar va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":423,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-422","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-uncategorized"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/422","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=422"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/422\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":424,"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/422\/revisions\/424"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/423"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=422"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=422"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/intersport.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=422"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}